<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[V1]
 Kuyib ado boʻlardim
 Men doʻzahning oʻtida,
 Qanday yashab yuribman
 Yer yuzini betida.
 Oʻlim borligin bildim
 Har bir gunoh ketida
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi sizni ham
 Boʻlib doim intizor!

[V2]
 Oddiy yolgʻon soʻzlagan
 Kirmas ekan jannatga,
 Kim Xudosiz yashasa
 Qolar aniq laʼnatga.
 Xudoni Oʻgʻli meni
 Toʻldirdi marhamatga
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi sizni ham
 Boʻlib doim intizor!

[V3]
 Odam atodan kelgan
 Gunohni javobi yoʻq,
 Masihsiz ne qilmagin
 Bilginki savobi yoʻq.
 Muqaddas qon yuvmasa
 Bosgan qadamingdir choʻgʻ
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi sizni ham
 Boʻlib doim intizor!

[V4]
 Solih yoʻqdir Masihsiz
 Hamma gunoh qaʼrida
 Borar joyi ham aniq
 Olovli koʻl jarida
 Ne qilmagin Masihsiz
 Bil, jannatdan narida
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi sizni ham
 Boʻlib doim intizor!

[V5]
 Imon bilan kirasan
 Xudoning huzuriga,
 Isoda burkanasan
 Xudovandning nuriga.
 Kechirim bor Isoda
 Qalbingni uzuriga
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi sizni ham
 Boʻlib doim intizor!

[V6]
 Odam Atodan kelgan
 Gunohning javobi yoʻq,
 Masihsiz ne qilmagin
 Angladim savobi yoʻq.
 Shaytonga aldanib doʻst
 Yaqiningga urma doʻq
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi sizni ham
 Boʻlib doim intizor!

[V7]
 Hamd aytaman betinim
 Qutqaruvchi Xudoga,
 Men uchun qurbon boʻlgan
 Najotkorim Isoga.
 Muqaddas Ruhga rahmat
 Yetaklaydi ziyoga
 Abadiy hayot bergan
 Shukurki Masihim bor!
 U kutadi Sizni ham
 Boʻlib doim intizor!</lyrics>
<title>Kuyib ado boʻlardi (anʼanaviy)</title>
</song>